Toshkentda aholisi va mehmonlari uchun Yangi yil bayramlari
Yangi yil arafasida va undan keyin poytaxtimizning har bir tumanidagi maydon hamda bogʼlarda archalar oʼrnatiladi. 25 dekabrdan 5 yanvargacha bu yerda bolalar va kattalar uchun koʼngilochar tadbirlar boʼlib oʼtadi. Toshkent aholisi va mehmonlarini bayram sayillariga taklif qilib, archa oʼrnatilgan manzillarni eʼtiboringizga havola etamiz:
Yunusobod tumani:
• Shaharning bosh archasi — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydon
Shayxontohur tumani:
• «Navroʼz» bogʼi, «Аnhor-Lokomotiv» istirohat bogʼi yonida
• Tashkent city bogʼi
Mirzo Ulugʼbek tumani:
• Central Park (sobiq Telьman) bogʼi
• «Yangi Oʼzbekiston» bogʼi
• «Lokomotiv» bogʼi
Chilonzor tumani:
• Gʼafur Gʼulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʼi
• “Humo Arena” muz saroyi oldidagi maydon
Mirobod tumani:
• Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bogʼi
Bektemir tumani:
• Food City savdo majmuasi oldidagi maydon
Sergeli tumani:
• «Markaziy xiyobon» bogʼi
Yangihayot tumani:
• Index savdo majmuasi.
Olmazor tumani:
• «Beruniy» metro bekati yaqinidagi maydon
Uchtepa tumani:
• «Seul eko” bogʼi
Yakkasaroy tumani:
• “NEXT” koʼngilochar-savdo markazi
Yashnobod tumani:
• Аshxobod bogʼi
• “Аviasozlar” saroyi oldidagi maydon.
Yangi yil bayramlari tashkilotchisi – Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi. Yangi yilda barchangizga yaxshi kayfiyat va omad tilaymiz!
ИЗОҲЛАР 0