alt alt    alt

 
КИРИШ/РЎЙХАТДАН ЎТИШ
00:00
Now playing
Выберите радиостанцию
Ресторанлар ва кафелар

Toshkentdagi kuzgi yangi 7 restoran

Blinkof
MYDAYTV INDOOR Hamkori

alt


Toshkentdagi birinchi quymoq-kafe turli, mijozlarga xil turdagi 18 ta quymoq mahsulotidan iborat menyuni taklif etadi. Ayniqsa, quymoqli o’ramalar, pishloqli quymoqlar, muzqaymoq va karamel, yengil salatlar va qizil ikra hamda tvorogli quymoqlar e'tiborga loyiq. Shuningdek, kafeda Oreo, banan va malinali sutli kokteyllar, turli limonadlar va issiq ichimliklarni buyurtma qilishingiz mumkin. Blinkofning 24 o'rinli ichki zali va 40 kishiga mo'ljallangan terassasi mavjud.

 alt alt

 

Manzil: Bahodir ko’chasi 1,1 (Mo’ljal: Seul Mun)

Telefon: +99890 8151771

Ish vaqti: 12:00-00:00

Instagram: https://www.instagram.com/blinkof.uz/


Pro.Xinkali

alt


Novikov Group tarmog'ining yangi restorani. Menyuda an'anaviy gruzin retseptlari mavjud. Jumladan: Xinkali, xachapuri, chkmeruli, chashushuli, haqiqiy gruzin kabobi, xarcho va boshqalar. Restoran shuningdek, Gruziya vinolarining keng tanlovini taklif qiladi, ularsiz Gruziyada hech qanday taom tanovuli to'liq bo'lmaydi. Muassasa 186 kishiga mo'ljallangan.
 

Manzil: Amir Temur shoh ko'chasi, 60-uy
Telefon: +99850 0510101
Ish vaqti: 11:00-00:00


Taste It loyihasida maskaningiz yoki mehmonxonangiz ishtiroki uchun, bizga xabar bering-mediakit

             MYDAYTV  UzdigitalTVMegogoAllplayiTVMediabayUZD+, BeelineTV, va boshqa              platformalarda, hamda Telegramda Join/ tugmasi bosib
 to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilish mumkin.

Ozbegim restorani

alt alt


"O‘zbegim" restoran-muzeyining o‘ziga xos jihati unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan qadimiy an’anaviy retseptlar bo‘yicha taomlar tayyorlanishidir. Har oy restoran oshpazlari 12 ta hududdan birining yangi taomini taqdim etishadi. Maskanning ichki muhiti ham nomiga mos keladi - noyob sopol idishlar, o'yilgan yog'och parchalar va tandir. Mamlakat madaniyatiga hurmat sifatida, restoran ramzi qilib humo qushi tanlangan.

Manzil: Mahatma Gandi ko’chasi, 14-uy
Telefon: +99833 8515253
Ish vaqti: 08:00-23:00



Turandot

                            alt


Qozog‘istonning Xitoy restoranlari tarmog‘i, Toshkentda o‘zining birinchi maskanini ochdi. Premium restoranning menyusi xitoylik oshpaz tomonidan anʼanaviy retseptlar asosida yaratilgan boʻlib, unda 150 nomdagi halol taomlar taqdim etilgan. Restoran ichki qism an'anaviy sharqona uslubda tayyorlangan. Maskanda katta yorug' zal, ikkita VIP xona, bar va favvorali yozgi terrassa mavjud.
 

Manzil: Amir Timur ko’chasi, 2
Telefon: +99890 0058811
Ish vaqti: 12:00-23:00


Xachapuri Park

alt alt


Xachapuri House, gruzin restoranining ikkinchi restorani ochildi. Menyuda: Mol go'shtili, pishloqli, qo'ziqorinli, tovuqli, qovurilgan xinkali, mini-xinkali va hatto bolalar uchun qaymoqli xinkali ham mavjud. Mehmonlar an'anaviy kubdari pirogi, shish kabob, ojaxuri va asl gruzin oshxonasining boshqa taomlaridan bahramand bo'lishlari mumkin. Maskanda ikkita qulay yopiq zal va yozgi terrassa mavjud. Birinchi zal sokin muhitda maroqli dam olish uchun mo'ljallangan va 40 kishigacha odam sig'dirishi mumkin. Banket zali 60 kishiga mo'ljallangan yirik va quvnoq kompaniyalar uchundir, yozgi terrassada mehmonlar toza havoda mazali taomlardan bahramand bo'lishlari mumkin.
 

Manzil: Do'rmon yo'li, 9 (IT Park)
Telefon: +99890 0271900
Ish vaqti: 11:00-23:00

Tadago

alt


Toshkentda K-pop kechalari va koreys madaniyati muxlislari uchun yangi maskan ochildi. Eng mashhur Koreys taomlari, raqs va shou dasturlar va ajoyib bazmlar uyushtiriladi. Menyu koreyslarning ko'cha taomlari va an'anaviy taomlariga asoslangan: Toekbokki, kimbap, korn-dog, guruchli uchburchaklar va bir necha turdagi ramyon. Kafeda 150 kishilik zal mavjud.

 

Manzil: Istiqlol ko'chasi, 7-uy
Telefon: +99897 0416969
Ish vaqti: 11:00-23:00



Хорошая девочка

alt


Gastronomik tendensiyalarning zamonaviy ko'rinishi va ko'plab mijozlarning ongli tanloviga ega “Casual” restoran. Restoran gastronomiyaning uchta asosiy talablarini o'zida mujassam etadi: Qulay ovqat, yengil kokteyl tarixi, biodinamika hamda organiklarning keng doirasiga ega yangi vino ro'yxati. Maxsus kofe alohida yo'nalish sifatida qayd etilgan. Menyuda o'ziga xos kokteyllar va shirinliklar, nonushta va turli xil salatlar hamda taomlar mavjud.
 

Manzil: Mirobod ko'chasi, 64A
Telefon: +99890 9810900
Ish vaqti: Yakshanba-payshanba 10:00-23:00, juma-shanba 10:00-01:00
 

Costa Coffee, Metropol, Gruzin va yozda ochilgan yana ikkita yangi muassasa haqida sahifamizdagi havola orqali o’qing!

 

Kunutun.uz нинг Telegram’даги расмий каналига обуна бўлиб, янгиликлардан кунутун хабардор бўлинг.
Нашр санаси: 17-10-2023

ИЗОҲЛАР 0

Авторизация Изоҳ қўшиш учун авторизация қилинг

Шошилманг

Ресторанлар ва кафелар
Toshkentdagi 30 ta yangi restoran
Ресторанлар ва кафелар
Toshkentning Eng Yaxshi Kafelari: MYDAY GUIDE
Ресторанлар ва кафелар
Toshkentdagi kuzgi yangi 7 restoran
Ресторанлар ва кафелар
Toshkentda ochilgan 5 ta yangi restoran
Ресторанлар ва кафелар
Пойтахтимиздаги тўйхоналар шарҳи
Ресторанлар ва кафелар
«April Verdant Restaurant» очилиш маросимидан фоторепортаж