Pininfarina Battista elektrogiperkarining yangi versiyasi:Nino Farina
Drive-media loyihasi uchun - медиакит
Angliya yaqinidagi Gudvudda bo'lib o'tgan tezlik festivalida,, Pininfarina kompaniyasi Pininfarina Battista elektrogiperkarining cheklangan nusxadagi yangi versiyasini taqdim etdi. Avtomobil Bianco Sestriere-oq va Iconia Blu-ko'k ranglar uyg'unligi hamda Rosso Niro-qizil ranglarda bo'yalgan.
AVTOOLAMNING BARCHA YANGILIKLARINI
MYDAYTV-DAGI #DRIVE SAHIFASIDA O'QING
Yangi modifikatsiyaning o'ziga xos xususiyati - bu tillarang g'ildiraklarning eksklyuziv dizayni va yon tomonlariga tushurilgan "01" raqamli grafikalar. Ichki qismi kontrastli koja bilan bezatilgan. Haydovchi o'rindig'i qora rangda, yo'lovchi o'rindig'i esa qaymoq rangda. Ko'k va qizil ranglar uyg'unligi, shuningdek, uglerod tolasi va karbondan tayyorlangan dekorativ panellar superkarni yanada bejirm ko'rinishini ta'minlagan.
Pininfarina Battista Edizione Nino Farina umumiy beshta namunasi tayyorlanadi. Ularning har biri Emilio Juzeppe Farina hayotidagi ma'lum bir epizodga bag'ishlangan.
Maxsus versiyaga hech qanday texnik o‘zgarishlar kiritilmaydi. Shu sabab, giperkar 1927 ot kuchiga ega to‘rtta elektromotor va 120 kilovatt-soat quvvatga ega Rimac tortish akkumulyatori bilan jihozlangan. Avtomobil soatiga 350 kilometr tezlikka erisha oladi, energiya zaxirasi esa 476 kilometrgacha yetadi. Edizione Nino Farinaning narxi hali e'lon qilinmagan.
ИЗОҲЛАР 0