Nismo - Nissan Z modelining eng yaxshi versiyasi
Yaponiya brendi Nissan Z sportkarini modifikatsiya qildi va poygalar uchun yaratilgan yangilangan versiyasini taqdim etdi. Nissan Z Nismo 3,0 litrli V6 ikki turbina benzinli dvigatel bilan jihozlangan.
O‘zgartirilgan 9 pog‘onali gidromexanik "avtomat" uzatmalar qutisi automobil ikki baravar tez harakatlantirish imkonini beradi. Avvalgi Normal va Sport haydash rejimlariga yangi Sport+ qo‘shildi. Shassi va disk tormozlarida ham katta yaxshilanishlar kiritildi.
Mashinaga tashqi tomondan ham o‘zgarishlar kiritilgan - old tomonining uchli "Burni" yon spoylerlar va yangilangan radiator panjarasi. Avtomobil maxsus dizayndagi yaltiroq Rays g‘ildiraklari bilan jihozlangan va qizil dekorativ chiziqlar bilan to‘ldirilgan.
Kupega aerodinamik kuzov to‘plami, orqa spoyler qo‘shildi, tormoz tizimi esa keng 19 dyuymli shinalardagi yangi g‘ildiraklar bilan yaxshilandi. Nissan Z Nismo’ning ichki qismi charm va Alkantara bilan bezatilgan, qo‘lda sozlanadigan yengil Recaro o‘rindiqlar va yangi grafikali asboblar paneli mavjud.
Sportkar 100 km/soat tezlikka 5 soniyadan kamroq vaqt ichida erishadi. Savdolar shu yilning kuzida $64 500 dan boshlanadi.
ИЗОҲЛАР 0