“Qahramonlar davri” bolalar kitobi turkumi
Sayyoramizni asrab-avaylash, uning ekologik muhitini yaxshilash haqida hikoya qiluvchi, motivatsion hikoyalar jamlangan rasmli rang-barang kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur kitob qahramonlari – okean, oʼrmon, sahro va osmon jonivorlarining bolalari hisoblanadi. Kitob mazmuni bolalikdan sayyoramiz va unda yashovchi mavjudotlarni ardoqlashni oʼrgatib, odamlar ongini oʼzgartirishdan iboratdir.
Kitoblar auditoriyasi: 6-10 yoshdagi bolalar.
Hajmi: 64-74 bet.
Tili: oʼzbek va rus tillari.
Formati: illyustratsiyalarga boy boʼlgan rangli nashr.
Kitoblar taqdimot qilish uchun katta tadbir tashkillashtirildi. Kitob muallifi Madina Moʼminova tashabbusi bilan tashkil etilgan taqdimotga ko'plab poytaxt mehmonlari, bolalar, san'at va madaniyat hodimlari tashrif buyurdi.
Birinchi qitobda,plastik chiqindilarning haddan ziyod koʼpayib ketgani, neft va zararli oqova suvlarning toʼkilishi dengiz hayvonlarining hayotini zaharlay boshlagani haqida so'z boradi. Okeanda Plastikal deya ataluvchi bir mahluq paydo boʼlib, u dengizda yashaydigan barcha jonivorlarning hayotiga xavf sola boshlaydi.
Ikkinchi kitob "Doktor Chixaxl i uning mudhish siri" Yosh bloger – chumchuq Robik mustaqil ravishda taftish ishlarini olib boradi. U “Hayvonot xabarlari” gazetasiga har kuni havoning tutunga toʼlib ketayotgani haqda maqolalar yozadi. Bunda laboratoriyasi katta zavodning tomida joylashgan Doktor Chixaxl degan kimsani aybdor deb biladi.
Uchinchi kitob – "Аnubis Maymunus va hayvonlarning arvohlari" brakonerlik va sayyora bioxilmaxilligining yoʼqolib borishi muammosiga bagʼishlansa, toʼrtinchi kitob – "Zahramahrning qoʼrquvlari yoki barchasida kim aybdor?" asari oʼrmon yongʼinlari haqida hikoya qilib, ekologik muammolardan soʼzlovchi turkumga chiroyli yakun yasaydi.
Kitobdagi qahramonlari kitobxonlarga, xayrli ishlar qilishga, tabiatni ashrashga, yagona ekotizimizni keyingi avlodlarga o'z holicha qoldirishga undaydi.
ИЗОҲЛАР 0